Hisobni o'chirish
Hisobingizni istalgan vaqtda o'chirishni so'rashingiz mumkin. Bu sahifa nima o'chishini, nima qolishini va qancha vaqt ketishini tushuntiradi.
Qanday so'raladi
Ikki yo'l bor. Ikkalasida ham so'rovni avval tasdiqlaymiz — boshqa odam sizning hisobingizni o'chira olmasligi uchun.
- Ilovada: Profil → Hisobni o'chirish
- Yoki quyidagi manzilga yozing. Ilovaga kirgan email'ingizdan yuboring yoki xatda ilovada ishlatadigan telefon raqamingizni ko'rsating.
Nima o'chiriladi
- Hisobingiz va profil ma'lumoti — ism, telefon raqami, email, manzil
- Yuborgan so'rovlaringiz va ularga kelgan takliflar
- Kompaniyalar bilan yozishmalaringiz
- Yuklagan fayllaringiz va fotolaringiz
- Yordamchi bilan yozishmangiz
Nima darhol yo'qolmaydi
Ikki narsa o'chirishdan keyin ham qisqa muddat qolishi mumkin. Buni yashirmaymiz.
- Zaxira nusxalar. Ular navbat bilan ustiga yoziladi: kunlik nusxa bir hafta, haftalik nusxa bir oy, oylik nusxa uch oy turadi. Shundan keyin eski nusxa butunlay yo'qoladi.
- Tuzilgan shartnomaga bog'liq yozuvlar. Ular qonun talab qilgan muddatda saqlanishi mumkin — bunday holat sizga tegishli bo'lsa, aytamiz.
Qancha vaqt ketadi
So'rovingizni 30 kun ichida bajaramiz, odatda ancha tez. Hozircha bunday so'rovlarni odam ko'rib chiqadi.
Bog'lanish
Savolingiz bo'lsa yoki so'rovingiz qanday ketayotganini bilmoqchi bo'lsangiz, shu manzilga yozing: